"Real"ning braziliyalik hujumchisi Endrik Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan "Roma" va "Milan" klublari manfaatdor. Har ikki jamoa hujumchini diqqat bilan kuzatib bormoqda va hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Biroq transfer yanvar oyida amalga oshishi shart emasligi ta’kidlanmoqda. Klublar Endrikni keyingi transfer oynasida ham sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin.
Joriy mavsumda Endrik barcha musobaqalar doirasida atigi to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













