«Manchester Yunayted» «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Insayder Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, Angliya klubi 23 yoshli ispaniyalik futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda.
Mankunianliklar yozgi transferlar oynasida ham Lopesni qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq futbolchi Kataloniya klubida qolishni afzal bilgan edi.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilmagan. Futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fermin Lopes joriy mavsumda ham Hansi Flik jamoasining muhim futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bois uning transferini amalga oshirish «Manchester Yunayted» uchun oson bo‘lmasligi mumkin.













