Germaniyaning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi yordamchisi Aaron Denks Bundesliganing 8-turidan o‘rin olgan Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bahs 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Manuel Noyer uchun bu o‘yin hali erta — u hamon oyog‘ida og‘riq his qilmoqda. Yozua Kimmix ikkita individual mashg‘ulot o‘tkazdi, bugun esa birinchi marta umumiy guruhda shug‘ullanadi. Shundan so‘ng uning holatiga baho beramiz.
Bu butun dunyo kuzatadigan muhim o‘yin. Bugun taktikaga e’tibor qaratamiz va har bir futbolchiga maydonda nima qilishi kerakligini tushuntiramiz. Jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Biz o‘yinga tayyormiz", — deya Denksning so‘zlarini "Bavariya" matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida keltirmoqda.













