«Menimcha, bu o‘ziga xos uchrashuv. Chunki u bir shaharda o‘tkaziladi. Kecha esa yangi stadion loyihasi bilan tanishdik. Bu betakror raqobat, ayni paytda chuqur tarixiy bog‘liqlik ham bor: bir shaharda joylashgan, bir stadiondan foydalanadigan ikki buyuk jamoa.
Bunday holatni boshqa joyda uchratish qiyin. Bu haqiqatan ham alohida voqea. Agar Portugaliya futbol madaniyati bilan taqqoslasak, bu yerdagi tuyg‘ular o‘sha yerdagisiga juda o‘xshaydi. G‘alaba uchun mas’uliyat hissi, muxlislarning jo‘shqinligi bir-biriga yaqin. Bu yerdagi futbol madaniyati Portugaliyanikiga o‘xshaydi», — dedi Amorim.













