"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Liverpul"ni joriy mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan biri deb hisoblaydi.
"Mavsum endi boshlandi. Menimcha, barcha yetakchi klublar chempionlik uchun kurasha oladi. Bu, albatta, "Liverpul"ga ham tegishli.
Ularning tarkibi, bosh murabbiyi va klub tarixiga nazar tashlashning o‘zi kifoya", — dedi Arteta.
8 turdan keyin "Arsenal" 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va "Manchester Siti"dan faqat to‘plar farqi bo‘yicha ortda. "Liverpul" esa 15 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada.
"Liverpul" — "Arsenal" uchrashuvi 1 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.













