Turkiyalik jurnalist Hazar Byuyuka futbolchining maydondagi harakatlari va o‘yinni tushunish qobiliyatiga yuqori baho berdi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi.
«Batrakov jamoaga kelguniga qadar ham undan katta umidlarim bor edi. Ammo uning o‘yin tafakkuri bunchalik yuqori darajada ekanini tasavvur ham qilmagan ekanman», — deb yozdi jurnalist.













