«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoadagi muhitni sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida kiyinish xonasidagi vaziyat Xabi Alonso davridagidan tubdan farq qilmoqda. Futbolchilar Mourinyoga sobiq murabbiyga nisbatan ko‘proq ishonch bildirmoqda.
Yozda «Benfika»dan Madridga qaytgan Mourinyo boshqaruvida «Real» La Ligada uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Barselona»dan 3 ochko ortda.
Chempionlar ligasida esa madridliklar dastlabki uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.













