«Milan»ning sobiq yarim himoyachisi Kaka Rafael Leauning yozda «Galatasaroy»ga o‘tishi jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.
«Milan» hozir shakllanish jarayonida. Yetti yil davomida jamoa Leau atrofida qurilgan edi. U ajoyib futbolchi va klub unga juda bog‘liq bo‘lgan.
Endi vaziyat o‘zgardi. Jamoada yangi futbolchilar bor. Modrich hali ham jamoaning miyasi vazifasini bajarmoqda, uning yonida Rabyo harakat qilyapti. Ramush esa tug‘ma to‘purar.
Hamma narsa o‘z o‘rniga tushishi uchun vaqt kerak. Eng muhimi, jamoa doimo yuqori maqsadlarni ko‘zlashi, jumladan, Yevropa ligasida ham katta natijalarga intilishi lozim», — dedi Kaka La Gazzetta dello Sport nashriga.













