«Aston Villa», klub egalari va muxlislaridan uzr so‘ramoqchiman. Bu hafta juda o‘rinsiz va noto‘g‘ri gapirib qo‘ydim. Bu shunchaki hazil edi, ammo so‘zlarim boshqacha qabul qilinganini tushunaman. Shu bois kechirim so‘rayman. Bugungi o‘yinda omad tilayman. Olg‘a, “Villa”!», — dedi Karrager.
Karragerning bu gaplari «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emerining «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi muhokama chog‘ida aytilgan edi.













