Bu g‘alaba madridliklar uchun La Ligada qatorasiga qo‘lga kiritilgan yettinchi muvaffaqiyat bo‘ldi. Diyego Simeone shogirdlari bunga qadar «Deportivo» (1:0), «Espanyol» (1:0), «Alaves» (2:1), «Real» (2:1), «Osasuna» (4:0) va «Real Sosyedad» (3:0) ustidan g‘alaba qozongan edi.
Ayni paytda «Atletiko»dan bir ochko ortda borayotgan «Barselona» bugun soat 23:00 da «Alaves» bilan o‘ynaydi. Kataloniya klubi g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida madridliklardan o‘zib ketishi mumkin.













