«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich A Seriyaning 10-turida «Inter» ustidan qozonilgan g‘alabani (3:1) jamoasining joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yini deb hisoblamoqda.
«Bu fantastik g‘alaba bo‘ldi. Menimcha, mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik va g‘alabaga munosib edik.
«Bolonya»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ham ijobiy kayfiyatni saqlab qoldik. O‘zimizni oqlash uchun derbidan yaxshiroq imkoniyat bo‘lishi mumkin emasdi. Biz bundan foydalandik.
Jamoa sifatida tobora o‘sib boryapmiz», — dedi Modrich.
«Milan» navbatdagi hafta A Seriyada «Jenoa»ga qarshi o‘ynaydi. Ungacha milanliklarni Yevropa ligasidagi uchrashuv kutmoqda.













