Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Islom Ahmedov «Navbahor»dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

«Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov Superliganing 26-turida «Navbahor»dan uchralgan mag‘lubiyatni (0:1) sharhladi.

«Avvalo, uzoq yo‘l bosib kelib, bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Birinchi bo‘limda tashabbusni raqibga berib qo‘ydik. Ikkinchi taymda esa ancha faollashdik, hujumlar uyushtirdik, ammo omad yetishmadi», — dedi Ahmedov.

Mutaxassis jamoadagi kadrlar muammosiga ham to‘xtaldi.

«Birinchi davradan keyin kerakli futbolchilarni jalb qila olmadik. Tig‘iz taqvim sabab jarohatlar ko‘paydi. Shuning uchun ayrim o‘yinchilarni o‘zlariga noodatiy pozisiyalarda o‘ynatishga majburmiz.

Aziz Turg‘unboyevni ham shu sabab himoyaga o‘tkazdik. Ashortiya va Islom To‘xtaxo‘jayev jarohatlangan. Dragan Cheran esa jamoaga yordam bera olmayotganini hisobga olib, o‘zaro kelishuv asosida o‘z xohishi bilan ketdi».

Ahmedov turnir jadvalidagi murakkab vaziyatga qaramay, jamoasiga ishonayotganini ta’kidladi.

«Yigitlar oxirigacha kurashyapti. Vaziyatlar yaratyapmiz, faqat ulardan foydalana olmayapmiz. Ishonaman, futbolchilar ruhiy va jismoniy jihatdan tiklanib, bu qiyin vaziyatdan chiqib ketishadi», — dedi «Andijon» ustozi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:30, 01.11.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик