Himoya chizig‘idagi kadrlar muammosi nemis mutaxassisini tajriba o‘tkazishga majbur qildi. Shanba kuni «Alaves»ga qarshi uchrashuvda markaziy himoyada Frenki de Yong, o‘ng qanotda esa yarim himoyachi Brayan Farinyas maydonga tushdi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 6:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Menimcha, Kristensen tez orada umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. Qolgan futbolchilarning safga qaytishini ham kutyapmiz», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.













