«Barselona» vingeri Lamin Yamal joriy mavsumdagi golli harakatlari sonini 23 taga yetkazdi.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing 11-turida «Alaves»ga qarshi uchrashuvda (6:1) dubl qayd etdi.
Shu tariqa, Yamal 2026/27 yilgi mavsumda «Barselona» safida o‘tkazgan 14 ta uchrashuvda 12 ta gol va 11 ta assist muallifiga aylandi.
Uning La Ligadagi hisobida 10 ta gol va 7 ta golli uzatma mavjud. Chempionlar ligasida esa 2 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.
Yamalning yuqori natijadorligi «Barselona»ning muvaffaqiyatli o‘yinlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xans-Diter Flik shogirdlari hozirda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













