"Liverpul" rahbariyati tajribali niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deykning o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Daily Briefing jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydlik top-klub e’tibor markazida ikki futbolchi bor: Niko Shlotterbek ("Borussiya" Dortmund) va Murillo ("Nottingem Forest").
Van Deyk 2018 yildan buyon Liverpul jamoasida to‘p surib kelmoqda. 35 yoshli himoyachi bilan "qizillar" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Virjilning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Niderlandiyalik futbolchi joriy Angliya chempionati mavsumida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita sariq kartochka oldi.













