«OAV “Yuventus” o‘ldi, deb yozmoqda. Ammo men bu klubning qanday ekanini yaxshi bilaman. “Yuventus” hech qachon taslim bo‘lmaydi! Qiyin vaziyatda hamma birlashadi. Bizni juda og‘ir o‘yin kutmoqda», — dedi Allegri.
Uning fikricha, «Yuventus» kuchli to‘rtlikdan joy olishni maqsad qilgan tarkibga ega. Shu bois, so‘nggi mag‘lubiyatga qaramay, raqibni jiddiy qabul qilish lozim.













