Boks bo‘yicha jahon chempioni Saul Alvares Kristian Mbilli ustidan hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozonganidan so‘ng, Terens Krouford bilan revansh jangi o‘tkazish istagini bildirdi.
"Umid qilamizki, revansh jangi bo‘lib o‘tadi. Biz bu jangni juda ham o‘tkazishni istardik. Ammo agar buning imkoni bo‘lmasa, faoliyatimizni davom ettiramiz", — dedi Alvares.
Alvares 2025 yil sentyabr oyida Kroufordga hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Krouford professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.













