O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va OKMK o‘rtasidagi uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Toshkentda kechgan bahsning ilk daqiqasidayoq olmaliqliklar hisobni ochdi. Aziz Xolmurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, OKMKni oldinga olib chiqdi.
Biroq mezbonlar tez orada muvozanatni tikladi. 11-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shundan so‘ng jamoalar uzoq vaqt davomida raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan Siyavash Haqnazariy Ali Abdurahmonovning uzatmasini golga aylantirib, OKMKga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, Olmaliq klubi safarda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 45 taga yetkazdi. «Lokomotiv» esa 40 ochkoda qoldi.
O‘zbekiston Superligasi. 26-tur
1 noyabr, yakshanba
«Lokomotiv» – OKMK – 1:2
Gollar: Aziz Xolmurodov (1) — 0:1, Temurxo‘ja Abduxoliqov (11, penalti) — 1:1, Siyavash Haqnazariy (90, Ali Abdurahmonov) — 1:2.
«Lokomotiv»: Aleksey Kozlov, Bilol Tupliyev (Quvonch Abrayev, 71), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Aleksandr Shushnyar, Sardor Mirzayev, Oleksandr Kucherenko, Sunnatilla Poyonov, Diyorjon Turopov (Muhammadali Reimov, 80), Oleg Zoteev, Yovan Nishich, Jasur Yaxshiboyev (Shodiyor Shodiboyev, 71).
Zaxira: Nikita Shevchenko, Suhrob Nurulloyev, Nikolay Ivanov, Ozodbek O‘ktamov, Bobur Abdujabborov, Nurlan Ibraimov.
OKMK: Hamidullo Abdunabiyev, Mirjamol Qosimov (Siyavash Haqnazariy, 65), Giorgi Papava, Avazbek O‘lmasaliyev, Abubakr Rizo Turdialiyev (Dilshod Ahmadaliyev, 65), Aziz Xolmurodov (Nodir Abdurazzoqov, 65), Asad Sobirjonov (Hazrat Tursunqulov, 85), Ahmadullo Muqumjonov, Akixiro Sentoku, Abror Karimov, Ivan Peshich.
Zaxira: Javohir Ilyosov, Ali Abdurahmonov, Saidafzalxon Ahrorov, Urosh Koyich, Abror Sarimsoqov.
Ogohlantirishlar: Abubakr Rizo Turdialiyev (60), Abror Karimov (88), Sardor Mirzayev (90+1).
Bosh hakam: Nayim Qosimov.
Yordamchi hakamlar: Zufar Elibayev, Akmal G‘iyosov.
Zaxira hakami: To‘rabek Suyunov.
VAR: Jasur Muxtorov.
AVAR: Shohruh Maqsudov.
Nazoratchi: Hakim Saidqosimov.
Komissar: Shohruh Said.













