Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Emilian Karas: «Eng yaxshi jihatlarimizni ko‘rsatishimiz kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Paxtakor” murabbiyii Emilian Karas “Al Nassr”ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Elit Liga doirasida navbatdagi o‘yinimizni o‘z maydonimizda Saudiya Arabistoni chempioniga qarshi o‘tkazamiz. "Al Nacsr" — katta nomga va butun dunyoga tanilgan mashhur futbolchilarga ega jamoa. Ular juda yaxshi murabbiyga ega hamda tezkor, texnik jihatdan kuchli, Yevropaning top-chempionatlarida katta tajriba to‘plagan o‘yinchilardan tashkil topgan. Bu bizni qo‘rqitmaydi, aksincha, yanada kuchliroq ruhlantiradi.

Bizning o‘z maqsadlarimiz bor. Asosiy vazifa — tig‘iz taqvim va parvozlardan so‘ng futbolchilarni tezroq tiklab olish. Yigitlar ertaga maydonga chiqib, birgalikda sifatli o‘yin ko‘rsatishiga hamda ijobiy natija qayd etishimizga ishonaman.

Tarkibdan qat’i nazar, "Al Nassr"da yuqori saviyali yulduzlar juda ko‘p va ularda Krishtianuning o‘rnini bosa oladigan ijrochilar yetarli. Balki Ronalduning yo‘qligi bizga yanada qiyinchilik tug‘dirar, chunki u maydonda bo‘lganida butun jamoa unga o‘ynaydi va raqibning harakatlarini o‘qish osonroq bo‘ladi. Boshqa futbolchilar tushganda esa hujumni rivojlantirish variantlari ko‘payadi. Shu bois biz uchun Ronaldusiz "Al Nassr"ga qarshi o‘ynash qiyinroq bo‘lishi mumkin. Yigitlar esa xalqaro bahslarga o‘z-o‘zidan alohida kayfiyat bilan tayyorlanishadi.

Tiklanish masalasiga kelsak, bizda hamma sharoit bor, ammo eng asosiy yetishmayotgan narsa — bu vaqt. Har uchinchi kunda maydonga tushyapmiz va doimiy safarlardamiz. Agar barcha o‘yinlar uyda bo‘lganida, parvozlarsiz tiklanish ancha yengil kechardi. Biz professional klub sifatida yigitlarni jismoniy va psixologik jihatdan tiklash uchun qo‘limizdan kelgan barcha choralarni ko‘ryapmiz”, - dedi Karas.

Manba: https://t.me/Pakhtakor_FC
Kiritildi: 22:46, 01.11.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик