«Xibernian» Shotlandiya Liga kubogi yarim finalida «Xarts» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Bu g‘alaba «Xibernian» uchun klub tarixida «Xempden» stadionidagi ilk muvaffaqiyat bo‘ldi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq gol o‘tkazib yuborgan «Xibernian» futbolchilari birinchi bo‘lim yakuniga qadar raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritib, g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, 2007 yildan buyon ushbu musobaqada g‘olib chiqmagan «Xibernian» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi jamoa kelasi oyda hal qiluvchi bahsda «Reyndjers»ga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, «Reyndjers» yarim finalda «Aberdin»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi.













