"Monako" hujumchisi Folarin Balogun qishki transfer oynasidayoq klubini o‘zgartirishi mumkin.
25 yoshli futbolchi monegasklar asosiy tarkibidan joy ola olmayapti, shu bois uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Transfer News Live nashrining TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berishicha, AQSH milliy terma jamoasi hujumchisining xizmatlari "Manchester Yunayted"ga taklif qilingan. Yaqinda "qizil iblislar" Benyamin Sheshkoning jiddiy jarohati tufayli uni uzoq muddatga safdan chiqardi.
Transfermarkt ekspertlari Balogunning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. "Monako" yanvar oyida futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. O‘tgan yozda Londonning "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi "Everton"ga o‘tishi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmay qolgan.













