"Milan" va "Inter" o‘rtasidagi so‘nggi derbining bosh qahramonlaridan biriga aylangan Diyegu Moreyra klub rahbariyatining ishonchi haqida fikr bildirdi. Xususan, gap klub egasi Jerri Kardinale haqida bormoqda. U o‘tgan uchrashuvni shaxsan stadiondan kuzatib borgan.
"Menimcha, u xursand bo‘ldi. U deyarli har bir o‘yinimizga keladi, bizga yordam beradi va ishonadi. Biz ham unga aynan shu tarzda minnatdorchilik bildirishga harakat qilamiz", — deya Diyegu Moreyraning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Italiya chempionatining keyingi turida "Milan" "Jenoa"ga qarshi maydonga tushadi. Hozircha klub Seriya A turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.













