«Rasing» bosh murabbiyi Xose Alberto Lopes Ispaniya chempionati doirasida yakshanba kuni «Real»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda hakamning qarori hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.
«Qirollik klubi» 11-daqiqada Kilian Mbappening penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay, Jud Bellingem mehmonlarning ustunligini ikki karra oshirdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin esa Yan Diomande uchinchi golni urib, uchrashuv taqdirini amalda hal qildi.
«Penalti butun o‘yinni o‘zgartirib yubordi. O‘sha vaziyatda qoidabuzarlik bo‘lmagan. Bu futbol, unda jismoniy to‘qnashuvlarga ruxsat etiladi. Nega VAR ayrim holatlarda aralashadi-yu, boshqalarida esa yo‘q — tushunmayman. Qo‘limizda juda kuchli vosita bor, ammo undan qanday foydalanishni bilmaymiz yoki, ehtimol, buni istamaymiz. Ular VAR bilan nima qilishni bilishmayapti», — deya Xose Alberto Lopesning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.













