Braziliyalik hujumchi Endrik Madridning «Real» klubida asosiy tarkibdan joy ola olmayotgani sababli Ispaniyani Italiyaga almashtirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining yanvar oyida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishi ehtimoli yuqori. «Milan» braziliyalik hujumchi uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.
Endrik joriy mavsumda Ispaniya chempionatida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma amalga oshira olmadi.
Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Real» bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.













