Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik Londonning "Arsenal" jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Grem Beyli ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishga va uning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishiga yordam berishga tayyor. Biroq barchasi bitim shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Angliya grandi hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Biroq "Real" Endrikni doimiy ravishda qo‘yib yuborishni istamayapti. Bunga "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning iste’dodli braziliyalik futbolchiga ishonishi sabab bo‘lmoqda.
20 yoshli Endrik joriy mavsumda beshta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita samarali harakatni amalga oshirdi (1 ta gol va 1 ta golli uzatma). Hujumchining "Real" bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.













