"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand klub yozgi transfer oynasida Ezri Konsani sotib olmaganini xato deb hisoblaydi.
Angliyalik himoyachi yozda "Aston Villa"dan "Arsenal"ga 55 million funt evaziga o‘tgandi. U qisqa vaqt ichida Mikel Arteta jamoasining muhim futbolchilaridan biriga aylandi va Vilyam Salibaning jarohati fonida markaziy himoyadagi bo‘shliqni muvaffaqiyatli to‘ldirdi.
Ferdinand Konsaning o‘yiniga yuqori baho berdi.
"Kecha o‘g‘limga: "Ezri Konsaning o‘yinini kuzat", dedim. Chunki uning maydondagi har bir harakati samarali. U yuqori darajadagi futbolchi. Men "Manchester Yunayted" albatta sotib olishi kerak deb hisoblagan o‘yinchilardan yana biri aynan Konsa edi. U haqiqatan ham top darajadagi himoyachi", — dedi Ferdinand.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida 155 million funtlik byudjetini to‘liq yarim himoyachilarni xarid qilishga sarfladi. Natijada klub mudofaa chizig‘ini kuchaytirmadi.













