UFC'ning yarim yengil (66 kg gacha) va yengil (70 kg gacha) vazn toifalarida sobiq chempioni, ispaniyalik-gruziyalik Iliya Topuriya promoushendagi navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlaganiga ishora qildi. U Gruziyada mashg‘ulotlar yig‘inini boshlagan.
"Men hammasi boshlangan joyga qaytdim. Xotiralarga berilish uchun emas, balki o‘zimni yana bir bor eslash uchun. Matador qaytmoqda", — deya Topuriya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida suratlariga izoh yozgan.
Topuriyaning professional faoliyatidagi rekordi 17 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyatdan iborat. Uning yetti g‘alabasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan.
Iliya professional faoliyatidagi debyutini 2015 yil aprel oyida Ispaniyaning Valensiya shahrida Mix Fight Events promousheni turnirida o‘tkazgan.













