«PSJ» qişki transferlar oynasida «Kyoln»ning 20 yoşli qanot hujumçisi Said El-Malani sotib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda.
BILD xabar berişiça, parijliklar germaniyalik iqtidorni ançadan buyon kuzatib kelişmoqda. Klub vakillari ötgan yozdayoq «Kyoln» sport direktori Tomas Kessler bilan futbolçi yuzasidan boğlangan.
El-Malaga «Brayton» va Angliya Premyer-ligasining boşqa klublari ham qiziqiş bildirmoqda. Şu sababli yanvar oyida futbolçi uçun jiddiy raqobat yuzaga kelişi mumkin.
«PSJ» tizza xoçsimon boylami uzilişi oqibatida mavsum oxirigaça safdan çiqqan Xviça Kvarasxeliyaga örinbosar izlamoqda.
«Kyoln» El-Malaning transferi uçun 50 million yevrodan ortiq mablağ talab qilişi kutilmoqda.
Germaniyalik futbolçi joriy mavsumda 9 ta uçraşuvda 4 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.













