"Real" hujumçisi Kilian Mbappe Çempionlar ligasida Kriştianu Ronalduning tarixiy rekordini takrorlaşga yaqinlaşmoqda.
Madridliklar musobaqa umumiy bosqiçining 4-turida Gresiyaning AYEK klubini safarda 3:2 hisobida mağlub etdi. Fransiyalik hujumçi uşbu uçraşuvda jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.
The Touchline ma’lumotiga köra, Mbappe Çempionlar ligasida ketma-ket 6 ta öyindan beri gol urmoqda.
Bu boradagi rekord Kriştianu Ronalduga tegişli. Portugaliyalik yulduz Çempionlar ligasining ketma-ket 11 ta uçraşuvida raqiblar darvozasini işğol qilgan.
Mbappe uşbu natijani takrorlaşi uçun yana 5 ta öyinda ketma-ket gol urişi kerak.
"Real" Çempionlar ligasidagi navbatdagi uçraşuvini öz maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga qarşi ötkazadi.













