"Bavariya" hujumçisi Garri Keyn Myunxen klubi bilan şartnomasini uzaytirganidan söng öz hissiyotlari bilan örtoqlaşdi.
Avvalroq nemis klubi 33 yoşli angliyalik futbolçi bilan 2029 yilgaça möljallangan yangi kelişuv imzolanganini rasman e’lon qilgandi.
"Men "Bavariya"da özimni uyimdagidek his qilaman. Bu klubni, muxlislarni va şaharni yaxşi köraman. Bizda ajoyib jamoa va Vensan Kompani kabi aqlbovar qilmas murabbiy bor.
Uşbu klubning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Oilam ham bu yerda baxtli. Men qolişni istadim va bu buyuk jamoa bilan yana köplab sovrinlarni qölga kiritişni intiqlik bilan kutyapman", — deya Keynning sözlarini keltiradi Bayern & Germany.
Keyn "Bavariya"ga ötguniga qadar kattalar futbolida birorta ham sovrin qölga kiritmagan edi.
Biroq Germaniyadagi uç yillik faoliyati davomida u 5 ta sovringa ega çiqdi — ikki marta Bundesliga çempioni böldi, şuningdek, Germaniya kubogi va ikki bor mamlakat Superkubogini qölga kiritdi.













