Madridning "Real" klubi braziliyalik himoyaçisi Eder Militao Çempionlar ligasi doirasida AYEKka qarşi ğalabali öyindan söng öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Uçraşuv 3:2 hisobida yakunlandi.
Militao joriy mavsumda ilk bor "Real"ning asosiy tarkibida maydonga tuşdi va öyinni töliq ötkazdi.
"Özimni juda yaxşi his qilyapman, garçi hozir kuçli oğriqni boşdan keçirayotgan bölsam-da. Olti oylik tanaffusdan söng yana sevimli işim bilan şuğullaniş va 90 daqiqa davomida maydonda harakat qiliş imkoniga ega bölganimdan xursandman", — dedi Militao klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Militaoning AYEKka qarşi öyinda maydonga tuşişi braziliyalik futbolçi uçun joriy mavsumdagi ikkinçi uçraşuv böldi. Hozirça uning hisobida natijali harakatlar yöq.
"Real" keyingi uçraşuvini 7 noyabr kuni "Valensiya"ga qarşi ötkazadi.













