33 yoşli hujumçi Xarri Keyn "Bavariya" bilan şartnomasini 2029 yilgaça uzaytirdi. Bu haqda 5 noyabr kuni ertalab klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jurnalist Devid Ornşteyn ma’lumotlariga köra, Keynning yangi şartnomasi "Bavariya" tarixidagi eng yirik kelişuv hisoblanadi. Bundan taşqari, ayrim manbalar jurnalistga şartnoma uzaytirilganidan söng Keyn butun Yevropadagi eng yuqori maoş oluvçi futbolçiga aylanganini ma’lum qilgan. Aniq raqamlar oşkor etilmagan, ammo futbolçining daromadining katta qismi bonuslardan iborat bölişi taxmin qilinmoqda.
Ta’kidlanişiça, "Bavariya"da uşbu şartnoma Keyn uçun oxirgisi böladi, deb hisoblaşmayapti. Klub joriy mavsumda 14 ta öyinda 10 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oşirgan hujumçi bilan hamkorlikni kelgusida ham davom ettirişga umid qilmoqda.













