Myunxenning «Bavariya» klubi prezidenti Gerbert Hayner hujumçi Xarri Keyn bilan şartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi. Angliyalik futbolçining klub bilan yangi şartnomasi 2029 yilgaça amal qiladi.
«Keyn "Bavariya" tarixining muhim qismiga aylandi. U futbolda qölidan kelgan barça işni bajarmoqda. U muxlislar qalbidan joy oldi va zamonaviy sport tarixidagi eng buyuk futbolçilardan biriga aylandi. Bu "Bavariya" uçun alohida voqea», — deya Haynerning sözlarini Bayern & Germany naşri keltirmoqda.
«Bavariya» 2023 yilda Keynni «Tottenhem»dan 95 million yevroga sotib olgandi. Şundan buyon hujumçi 161 ta uçraşuvda 156 ta gol urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oşirdi.













