Londonning «Çelsi» klubi rahbariyati himoyaçi Levi Kolvill bilan şartnomani uzaytiriş böyiça muzokaralarni boşlaşga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga köra, «köklar» asosiy himoyaçisiga yangi şartnoma taklif qilmoqçi. Ta’kidlanişiça, futbolçiga «Liverpul» klubining qiziqişi ortib borayotgani sababli, bu masala «Çelsi» uçun ustuvor vazifaga aylangan.
Joriy mavsumda 23 yoşli Kolvill barça musobaqalar doirasida 10 ta uçraşuvda iştirok etdi, ammo birorta ham gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Futbolçining «Çelsi» bilan şartnomasi 2029 yilgaça amal qiladi. Transfermarkt portali himoyaçining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













