Germaniya Bundesligasining 2026/2027 yilgi mavsumida 7-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Tur doirasida "Bavariya" safarda "Frayburg"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Dortmundning "Borussiya"si "Ayntraxt" ustidan minimal g‘alabaga erishdi, "RB Leypsig" esa "Elfersberg" darvozasiga 4 ta javobsiz gol urdi.
"Bayer"ning "Xoffenxaym"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishi turning kutilmagan natijalaridan biri bo‘ldi.
Bundesliga, 7-tur natijalari:
23 oktyabr:
"Shtutgart" — "Borussiya" M — 2:3
24 oktyabr:
"Mayns" — "Verder" — 2:3
"RB Leypsig" — "Elfersberg" — 4:0
"Paderborn" — "Gamburg" — 1:0
"Augsburg" — "Union" — 1:1
"Kyoln" — "Shalke" — 0:0
"Borussiya" D — "Ayntraxt" — 1:0
25 oktyabr:
"Xoffenxaym" — "Bayer" — 3:0
"Frayburg" — "Bavariya" — 1:3
7-turdan keyin "Bavariya" 17 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Dortmundning "Borussiya"si ham 17 ochko jamg‘argan. "Frayburg" va "Bayer" hisobida 13 tadan ochko bor.
"Union" (6 ochko) va Myonxengladbaxning "Borussiya"si (3 ochko) quyi pog‘onalarda joylashgan.













