"Real" tarkibida jiddiy yo‘qotish yuzaga keldi. Madridliklar jamoasining asosiy darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.
"Qirollik klubi"ning rasmiy saytida xabar qilinishicha, Kurtua gripp sababli "El-klasiko"ni o‘tkazib yuboradi.
Shu tariqa, "Real" darvozasini "Kamp Nou"da, katta ehtimol bilan, Andrey Lunin qo‘riqlaydi.
To‘qqizta turdan keyin "Barselona" 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Real" esa 21 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.













