"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "Barselona"ga qarshi o‘yinlardagi gollari sonini 7 taga yetkazdi.
Fransiyalik futbolchi La Liganing 10-turidan o‘rin olgan "el-klasiko"da hisobni ochib, madridliklarni oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Mbappe "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi 7 ta uchrashuvda 7 ta gol muallifi bo‘ldi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha bittadan gol degani.
Jamoalar birinchi bo‘limni "Real"ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunladi.













