Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan "el-klasiko"da "Real" safarda "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Kamp Nou"da kechgan bahsning 41-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni ochdi. 61-daqiqada Rafinya muvozanatni tikladi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida Mbappe ikkinchi golini kiritib, madridliklarga g‘alaba keltirdi.
La Liga, 10-tur.
"Barselona" – "Real" – 1:2
Gollar: Rafinya (61) — Mbappe (41, 88).
Ushbu natijadan so‘ng "Barselona" 27 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. "Real" esa 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.













