«Barselona»da so‘nggi bir necha kun davomida mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» mukofoti «ko‘k-anorranglilar» hujumchisi Lamin Yamalga emas, «Bavariya» forvardi Harri Keynga nasib etishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, taqdirlash marosimidan oldingi bir hafta davomida Yamalning o‘zi ham Angliya terma jamoasi sardori sovrinni qo‘lga kiritishini oldindan his qilgan.
19 yoshli vinger London shahridagi marosimda «Bavariya» rahbariyatining to‘liq tarkibda ishtirok etayotganini ko‘rgach, Keyn haqiqatan ham «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishini anglay boshlagan.
Qayd etilishicha, gala-marosimdan keyin Yamal mehmonxonaga borib dam olgan. U kechki ovqatni o‘z xonasida sevgilisi Ines Garsiya bilan birga tanovul qilgan.













