Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Nobel Arustamyan: «Krasnodar» Ahmedovning oldiga talablar qo‘ymadi, Odilning o‘zi Xitoyda o‘ynashni istadi»

Nobel Arustamyan: «Krasnodar» Ahmedovning oldiga talablar qo‘ymadi, Odilning o‘zi Xitoyda o‘ynashni istadi»

Baho:
+ | -

«Match TV» sharhlovchisi Nobel Arustamyan Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG»ga o‘tish borasida ayrim tafsilotlarga oydinlik kiritdi.

"Odil Ahmedov — Osiyoda juda taniqli futbolchi. Odil — Osiyoning yetakchi terma jamoalaridan biri bo‘lgan O‘zbekistonning yetakchisi. Xitoy uchun Ahmedov legioner. Klublar esa xorijlik futbolchilar uchun katta maosh to‘lashadi. Xitoyda ko‘p o‘zbek futbolchilari o‘ynamoqda. Odilning o‘zi aynan Xitoyda o‘ynashni xohladi. «Krasnodar» bunga qarshilik ko‘rsatmadi, Ahmedovning oldiga hech qanday talablar qo‘ymadi.

Ahmedovga Yevropaning bir nechta jamoalari qiziqish bildirgandi, ammo o‘zining aytishicha, u «Krasnodar» uchun manfaatli bo‘lgan taklifni qabul qilgan. Ha, maosh tomonlama Odil uchun Xitoy varianti Yevropa jamoalariga nisbatan yaxshiroq. Umuman olganda, Odilga Yevropaning qandaydir katta jamoasi jiddiy qiziqqan, deb o‘ylamayman. U yerda Ahmedov "Krasnodar"dagi maoshini ham olmagan bo‘lardi.

Etti million yevro — bu raqam ko‘p jamoalarni cho‘chitib yuboradi. Lekin, adashmasam, futbolchi «Anji»dan «Krasnodar»ga taxminan shunday pul evaziga o‘tgan. Afsuski, albatta, Odil so‘nggi 2 yil davomida «Krasnodar» safida top-o‘yinchi darajasiga o‘smadi. U o‘sishdan to‘xtab qoldi. Shunga qaramay, shubhasiz, u sifatli o‘yinchi. «SHanxay» bilan 3 yillik shartnoma — u uchun yoqimli jihat.

Xitoy chempionati uchun ajratilgan legionerlar limiti futbolchining foydasiga xizmat qiladi. Xitoyda osiyolik futbolchilar uchun imtiyoz bor. Ahmedov aynan shunga to‘g‘ri keladi.

Yana bir muhim jihat bor. Ahmedov Andre Villash-Boash boshqaruvidagi «Shanxay SIPG»ga o‘tdi. Odilning transferini amalga oshirgan German Tkachenko portugaliyalik mutaxassis bilan yaxshi munosabatlarga ega. Tkachenko «Krasnodar» ushbu transferga ko‘ndira olgan. Aynan shu holatlar transferning amalga oshishida muhim rol o‘ynagan.

Shanxay shahri jamoalari Xitoyda faol transfer siyosatini amalga oshirishmoqda. «SHangxay Shenxua» klubi Tevesga 40 million yevro yillik maosh to‘lasa, «Shanxay SIPG»da Villash-Boashdan tashqari, Xalk va Oskar ham o‘ynaydi. Ularning safiga endi Ahmedov ham qo‘shildi. Vitsel ham bu jamoaga o‘tishi mumkin.

Yozda Xalkning «Zenit»dan ketishi qandaydir noodatiy bo‘lgandi. Ahmedov esa — Yevropa darajasidagi yulduz emas. Birinchi navbatda u futbolchi. Shuning uchun ham u Xitoyga yo‘l oldi", - deydi Arustamyan.

Manba: matchtv.ru
Kiritildi: 17:40, 01.01.2017.
O'qildi: 17016 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик