Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «Paxtakor»ga yutqazdi

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «Paxtakor»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Bugun "Qo‘qon-1912" Qibrayda 2017 yildagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. No‘’mon Hasanov shogirdlarining raqibi – mamlakatimizning eng nomdor klubi “Paxtakor” bo‘ldi.

Birinchi bo‘limning 28-daqiqasida Suhrob Berdiyevning burchakdan oshirgan to‘pini Jalil Kimsanov boshi bilan Lobanov darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi.

Bo‘lim yakunlanishi arafasida paxtakorchilar javob to‘pini kiritishdi. Igor Sergeev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va unumli foydalandi. Hisob 1:1.

Taym oxirida "Qo‘qon-1912" bir kishi kam bo‘lib qoldi. Uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan Jalil Kimsanovga hakam ikkinchi sariq kartochkani va qizil kartochkani ko‘rsatdi.
O‘yinda “Sherlar” jangovor tarkibda harakat qilishganini ta’kidlash joiz. “Paxtakor” safida maydonga tushgan ko‘plab futbolchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi sanalishadi. Shu bois "Qo‘qon-1912" O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynadi deyish ham mumkin.

Ikkinchi taymda toshkentliklar hisobda oldinga chiqishdi. “Paxtakor”ning ikkinchi goliga ham Sergeev mualliflik qildi.

“Sherlar” uchrashuvning ikkinchi qismining yarmida barcha futbolchilarni almashtirishdi. «Qo‘qon-1912»da ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Darvoqe, Ma’ruf Zokirjonov yana jamoaga qaytdi. Ma’ruf ikkinchi taymda maydonga tushdi. Bugun Ibrohim Rahimov va Javohir Sidiqovlar sog‘ligidagi muammolar sababli maydonga tushmadi.

Qolgan daqiqalarda futbolchilarda bir qator vaziyatlar vujudga kelganiga qaramay, hisobni o‘zgartira olishmadi.

Nazorat uchrashuvi
“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” – 2:1 (1:1)
Bosh hakam: Jasur Muxtorov.
Gollar: Igor Sergeev – 2 ta. – Jalil Kimsanov,
«Paxtakor»:”Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Mario Maslach, Akbar Ismatullayev, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Sherzod Karimov, Igor Sergeev.
«Qo‘qon-1912» : Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov, Akmal Xolmurodov, Shoxrux Xolmatov, Oybek Rustamov, Avaz Mamatxo‘jayev, Bahodir Akramov, Sobir Hamidov, Orif Mamajonov, Suhrob Berdiyev, Nosir Otaqo‘ziyev.
Zaxira: Nikita Ribkin, Iqbol Malikjonov, Ismoil Oxunjonov, Muhammadanas Hasanov, Andrey Sidorov, Ma’ruf Zokirjonov, Islom Abdullayev.

 

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 14:48, 08.01.2017.
O'qildi: 5379 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик