Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ueyn Runi, yangilangan rekord

Ueyn Runi, yangilangan rekord

Baho:
+ | -

Shanba oqshomida “Manchester Yunayted” Angliya Kubogi doirasida “Reding”ni qabul qildi va yirik 4-0 hisobida zafar quchdi. Birinchi golga mualliflik qilgan Ueyn Runi uchun bu 543 uchrashuvda 249-si bo‘ldi va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biriga aylandi. «Shrek» to‘purarlik borasida afsonaviy Ser Bobbi Charltonga yetib oldi. Hali mavsumning qolgan qismini hisobga olsak, futbolchi bemalol bu ko‘rsatkichini yaxshilash imkoniyatiga ega.

«Bu ko‘rsatkich kelajakda ham saqlanib qolmasligidan hafa emasman, bir kun kelib bu sodir bo‘lishi aniq edi va bu rekord Ueyn Runiga tegishli bo‘lishidan juda xursandman. U butun faoliyati davomida “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasiga qo‘shgan hissasidan faxrlansa ham bo‘laveradi. U ajoyib iqtidorga ega va uni amalda ko‘rish yoqimli» - degan edi Bobbi Charlton avgust oyining boshlarida.

2004-yilda “Old Trafford”da, Chempionlar Ligasi doirasida “Fenerbahche”ga qarshi bahsda o‘zining debyut o‘yinida xet-trik qayd etgan 19 yoshli futbolchi 12 mavsum mobaynida jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.

Sof hujumchi rolida o‘ynamagan bo‘lsada, Ueyn Runi jamoa tarixidagi o‘nlikka kira oldi. Samaradorlik bo‘yicha faqatgina Denis Lou (404 o‘yinda 237ta gol) va Denis Viole (293 o‘yinda 179 ta gol) undan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega.

Runi o‘tgan mavsumlar mobaynida o‘zining yorqin o‘yinlarini ko‘rsata oldi. Albatta so‘nggi ikki mavsumda uning o‘yinida pasayish kuzatilayotganini eslab o‘tish kerak. Runining rosmana “ochilishi” 2009-2010-yilgi va 2011-2012-yilgi mavsumlarga to‘g‘ri keladi. Krishtianu Ronalduning «Real” Madridga o‘tishi unga barcha jabhada porlashga zamin yaratdi. 2009-2010-yilgi mavsumda barcha chempionatlarni qo‘shib hisoblaganda Runi 44 o‘yinda 34 ta gol urdi. Ikki yil o‘tib esa Premyer Ligadagi o‘zi uchun rekord natija – 27 ta gol urdi. Shunga qaramay, to‘purarlar bahsida ikkinchi bo‘ldi. Yetakchilikni bo‘lajak jamoadoshi Robin van Persi egalladi.

“Arsenal” jamoasi Runining sevimli “o‘ljasi” hisoblanadi. Ueyn Runi hozirgacha Arsen Venger jamoasiga 14 ta gol urgan. 2011-yilgi 8-2 bilan tugagan o‘yinda esa Runi xet-trik qayd etgandi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 16:57, 08.01.2017.
O'qildi: 8274 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.