Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘zbekistonda yil o‘yinchisi kim? Sports.ru talqini: Ahmedov, Denisov yoki Geynrix...

O‘zbekistonda yil o‘yinchisi kim? Sports.ru talqini: Ahmedov, Denisov yoki Geynrix...

Baho:
+1 | -

Biroz kechikish bilan bo‘lsada Sports.ru o‘tkazgan so‘rovning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Dastlabki ikki raund kutilganidek kechdi, sayt foydalanuvchilarining fikrlari o‘zbek futboli mutaxassislarining qarashlaridan deyarli farqlanmadi. Bu esa, butun jarayonga o‘ziga xos intriga baxsh etishi tayin.

Uchinchi bosqichda muxlislar elektron pochta hamda «Tvitter» orqali ovoz berishadi. Faqat bu safar «Tvitter»dagi ovoz muayyan bir foydalanuvchidan qabul qilinmaydi. Tez kunlarda ushbu ijtimoiy tarmoqda ovoz berishning tartibi e’lon qilinadi va unda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Natijalar muxlislar fikri sifatida inobatga olinadi. Final bosqichida esa har bir ovoz xuddi ekspertlarnikidek hisoblanadi. Ya’ni, birinchi o‘ringa - 5 ochko, ikkinchi o‘ringa - 3, uchinchi o‘ringa - 1. Demak, finalchilar uchligi bilan tanishing:

Odil Ahmedov

(«Krasnodar», Rossiya)

2016 yil raqamlarda: 38ta o‘yin, 1ta gol va 3ta assistentlik.

Whoscored bahosi: 6,68.

Qaysi xizmatlari uchun: Birinchidan, Ahmedov Sports.ru o‘tkazadigan so‘rovning amaldagi g‘olibi sanaladi. Ikkinchidan, milliy jamoada juda yorqin va samarali o‘yin ko‘rsatdi, natijada bu holat O‘zbekiston termasi foydasiga ishladi. Bugungi kunda Odilga jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi va haqiqiy yetakchisi sifatida qaralayotgani mantiqan to‘g‘ri. Tan olish lozim, bugungi kunda uning sheriklaridan hech biri bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmaydi.

Qolaversa, Ahmedovning klubdagi muvaffaqiyatli o‘yini ham e’tirofga loyiq. «Krasnodar» bosh murabbiyligi Igor Shalimovga ishonib topshirilgach, o‘zbekistonlik yarim himoyachining maydonda bajaradigan funksiyalari ko‘lami kengaydi: Odil hujumga yaqinroq pozisiyada to‘p sura boshladi. Joriy mavsum tayanch chizig‘ida asosan Gazinskiy va Kabore o‘ynashgani ham Ahmedovning klubdagi noyobligiga zarracha ta’sir ko‘rsatmadi.

 

Aleksandr Geynrix

(«Ordabasi», Qozog‘iston)

2016 yil raqamlarda: 28ta o‘yin, 12ta gol, 1ta assistentlik

Qaysi xizmatlari uchun: Geynrix joriy yil Sports.ru talqini bo‘yicha kuchli uchlikka birinchi marta kirayotgan yagona futbolchi. Ko‘pchilikning fikricha, yoshi o‘tib qolgan futbolchi butsalarini mixga ilishga tayyorgarlik ko‘rayotgandek edi. Ammo unday bo‘lmadi. Sasha termaga qaytishini ajoyib va o‘ta muhim gollar urish bilan nishonlab, barchani ajablantirdi. Uning sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq, O‘zbekiston milliy jamoasi mundial yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarni saqlab turibdi. O‘z navbatida, aynan Geynrix so‘nggi ikki yil mobaynida termaning eng samarali futbolchisiga aylana oldi. Bu holat milliy jamoa uchun foydalimi yoki yo‘q, bilmadik, lekin Aleksandr joriy yilda eng yaxshi hujumchi nomiga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

Uning «Ordabasi»dagi ishlari ham chakkimas, klub yevrokuboklar sari dadil qadam tashlamoqda. Bu yo‘lda tabiiyki, o‘zbekistonlik hujumchining sermahsul harakatlari asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Geynrix hattoki, Qozog‘iston chempionatida «Oy futbolchisi» nomiga ham loyiq ko‘rildi.

Vitaliy Denisov

(«Lokomotiv», Rossiya)

2016 yil raqamlarda: 38ta o‘yin

Whoscored bahosi: 7,32.

Qaysi xizmatlari uchun: Joriy mavsum Denisovning klubdagi faoliyati ko‘ngildagidek kechmayapti. Shunga qaramay, u «Lokomotiv»ning eng yorqin vakili hamda o‘zbekistonlik muxlislarning yoqimtoy futbolchisi bo‘lib qolmoqda. Vitaliy klub ishqibozining to‘y marosimida qatnashadi, uni TV dasturlarga tez-tez chaqirishadi. 2016 yildagi eng katta muvaffaqiyat sifatida termadagi o‘yinlarda namoyish etgan samaradorligini ko‘rsatish mumkin. Deyarli barcha uchrashuvlarda Denisov qo‘riqlayotgan qanot mustahkam himoyalandi. Hujumda ham barchasi binoyidek ko‘rinish oldi va forvardlarga ko‘p yordamlashdi. Mazkur holat ayniqsa, Xitoy termasiga qarshi kechgan bahsda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ahmedov bilan tandem hosil qilgan Vitaliy raqib himoyasiga ko‘p tashvish tug‘dirdi.

Ovoz berish qoidalari bilan bog‘liq to‘liq ma’lumot bilan Sports.ru saytida tanishish mumkin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:05, 12.01.2017.
O'qildi: 12956 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.