Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Sevinch" yangi mavsum tayyorgarligini 16 yanvardan boshlaydi

"Sevinch" yangi mavsum tayyorgarligini 16 yanvardan boshlaydi

Baho:
+ | -

O‘tgan 2016 yilgi mavsumda oltin dublni qayd etgan Qarshining “Sevinch” jamoasi 16 yanvardan yangi mavsum tayyorgarliklarini boshlaydi.

Shu kuni futbolchilar Qarshi shahridagi klub qarorgohida yig‘ilishadi va yangi mavsum tayyorgarlik mashg‘ulotlariga kirishadi.

Jamoa bu yil ham 22 yanvardan Toshkent shahrida boshlanadigan mini  futbol (futzal) bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionatida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlari ana shu chempionatga qaratiladi.

“Sevinch” futbolning ushbu turi bo‘yicha ham mamlakatimiz ayollar jamoalari o‘rtasida yetakchi hisoblanadi. Jamoa mini futbol bo‘yicha 12 karra O‘zbekiston chempioni va 10 marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan.

Ayni kunlarda jamoaning 9 nafar futbolchisi va 2 nafar murabbiyi Olmaliq shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etishmoqda. Ushbu yig‘in 19 yanvar kuni nihoyasiga yetadi va futbolchilarimiz jamoa safiga kelib qo‘shilishadi.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 13:21, 12.01.2017.
O'qildi: 6843 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик