"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte jurnalistlarni jamoa hujumchisi Diyego Kostaning ahvolidan xabardor qildi.
"Kosta seshanba kuni mashg‘ulotlarni oxiriga yetkaz olmadi, chunki belida og‘riq sezdi. Shundan so‘ng u mashg‘ulotlarimizda qatnashmayapti", - deydi Konte.
Avvalroq, Diyego Kosta Xitoydan 30 million yevrolik shartnoma olgan, bosh murabbiy Antonio Konte bilan janjallashib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.