Moldovalik supermodel Kseniya Deli "Krasnodar" muxlisi Mixail Gariyanga uy sotib olishi uchun 1 mln rubl sovha qildi.
Bu haqida Instagramda "Misha amaki uchun uy" aksiyasi tashkilotchilaridan bir xabar qildi.
"Dunyo tanigan supermodel bilan bizning Misha amakimizni nima bog‘lab turadi? Topa olasizmi? Bugun Kseniya Deli Misha amakiga ichida 1 mln rubl bo‘lgan konvert sovg‘a qildi. Bu bilan "Misha amaki uchun uy" loyihamizning yopilganini e’lon qilaman, hammaga rahmat", - deyiladi xabarda.
68 yoshli Mixail Gariyan 1989 yilda Tog‘li Qorabog‘dagi voqealarda yaqinlarini yo‘qotgan va shundan so‘ng Bokudan Kubanga kelib qolgan. Uni shaharda "Misha amaki" deb bilishadi, u doim basketbol futblol va voleybol musobaqalariga tashrif buyuradi.