Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Real" Tchuameni bo‘yicha qaror qabul qildi

"Real" Tchuameni bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yarim himoyachi Orelyen Tchuamenining kelajagi borasida bir qarorga keldi. Fransiyalik futbolchini «Manchester Yunayted» bilan bog‘layotgan mish-mishlarga qaramay, Madrid klubi u bilan xayrlashish niyatida emas. «Qaymoqranglilar» Tchuamenini o‘z sport loyihasining muhim qismi deb hisoblamoqda.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, «Real» 26 yoshli Tchuameni bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Klub rahbariyati fransiyalik o‘yinchining ish haqini oshirish haqida o‘ylamoqda.

Orelyen Tchuameni 2022 yil yozida «Monako»dan transfer qilinganidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘shandan beri yarim himoyachi 191 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va sakkizta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 21:08, 28.04.2026.
O'qildi: 2181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик