Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Navbahor» tayyorgarlikni davom ettiradi

«Navbahor» tayyorgarlikni davom ettiradi

Baho:
+ | -

Bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida to‘plangan "Navbahor" mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlaydi.

Ayni paytda Qibrayda boshlangan mashg‘ulotda bir necha kun oldin “Navbahor” a’zosiga aylangan serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovich ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, o‘tgan mavsum ikkinchi yarmini “Olmaliq”da o‘tkazib, "Navbahor"ning dekabr oyidagi yig‘inida qatnashgan darvozabon Akmal Ortiqov ham safga qo‘shildi.

Shu kunlarda jamoa ixtiyoriga yangi o‘yinchilarni yetib kelishi kutilmoqda. Shu o‘rinda "Navbahor"da yangi shifokor ish boshlaganligini ham qo‘shimcha qilish joiz. Oldingi yillarda Bekobodning “Metallurg” klubida ish yuritgan Baxtiyor Mirsagatov endilikda “Navbahor”da faoliyat olib boradi.

Navbatdagi bosqich davomida uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ertaga “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan o‘yin bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv 18 yanvar kuni soat 15.00da “Oq-tepa” klubiga qarashli o‘yingoh maydonida o‘tkaziladi.

Navbatdagi uchrashuvlar esa “Metallurg” (21 yanvar) va “Buxoro” (26 yanvar) jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi.  

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:20, 17.01.2017.
O'qildi: 5627 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик