Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ispaniya kubogi, chorak final. «Real» o‘z uyidagi dastlabki o‘yinda yutqazdi

Ispaniya kubogi, chorak final. «Real» o‘z uyidagi dastlabki o‘yinda yutqazdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi mavsumdagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ispaniya kubogi doirasida «Selta»ni qabul qilgan Zayniddin Zidan shogirdlari 1:2 hisobida yengildi.

Uchrashuv qahramoni sifatida vigoliklardan Yago Aspasni ko‘rsatish o‘rinli. U avvaliga hisob ochuvchi golga mualliflik qildi. Keyinroq esa golli uzatmani amalga oshirdi. Mezbonlardan hisob tenglashtiruvchi gol Marselo hisobiga yozildi.

Ispaniya kubogining 1/8 finalida «Real» «Sevilya» klubini turnirdan chiqarib yuborgan bo‘lib, safardagi durang sabab (3:3) mag‘lub bo‘lmaslik seriyasi bo‘yicha «Barselona»ning rekordini yangilagandi.

Shundan keyin La liga doirasida yana o‘sha «Sevilya» maydonida mehmon bo‘lgan «Real» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va 40 ta o‘yin davom etgan seriyani yakunladi. Endi esa «Selta» Madriddan g‘alaba bilan qaytdi. «Real» joriy mavsum hisobidan «Santyago Bernabeu»da mag‘lub bo‘lmagandi.

Tomonlarning Vigo shahrida kechadigan javob o‘yini 25 yanvar sanasiga tayin qilingan. 1/4 finaldan joy olgan yana ikki bellashuv esa bugun — 19 yanvar tunida bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida «Atletiko» o‘z maydonida «Eybar»ni qabul qilsa, «Barselona» safarda «Real Sosyedad»ga qarshi saf tortadi.

Ispaniya kubogi, 1/4 final
18 yanvar, chorshanba
«Alkorkon» — «Alaves» 0:2
Gollar: Ibai Gomes, 90 (0:1). Ibai Gomes, 90+4 (0:2).
Chetlatish: Karlos Belvis, 90+1 (Mezbon).

«Real Madrid» — «Selta» 1:2
Gollar: Yago Aspas, 64 (0:1). Marselo, 69 (1:1). Xonni, 70 (1:2).
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Danilo (Benzema, 80), Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Morata, 53), Modrich, Vaskes (Kovachich, 71), Ronaldu.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malyo, Ronkalya, Radoya, Dias, Ernandes, Vass (Gvidetti, 89), Bongonda (Sisto, 87), Aspas (Gomes, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (6), Dias (42), Ernandes (45).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:27, 19.01.2017.
O'qildi: 14272 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик