Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Taqdir taqdirlaganda…»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Taqdir taqdirlaganda…»

Baho:
+ | -

Tarixdan bilamizki, Fir’avn o‘z qotili yaqin orada tug‘ilishini eshitgach, har bir go‘dakni o‘ldirishga buyuradi. Lekin muntazam qatllar natijasida, yosh avlod yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ilganida, farmonini “bir yil oralab”ga almashtirgan. Lekin qizig‘i shuki, uning “qotili” aynan go‘daklar so‘yiladigan yilda tug‘ilgan. Nega deysizmi? Keyinchalik Fir’avn: “Eh, o‘sha yili nega so‘ydirmagandim-a!” demasligi uchun. Taqdir ana shunday mo‘’jizalari bilan inson aqlini yengib chiqadi.

Rus adabiyotining eng xolis tahlilchisi Belinskiy: “Shohasarlarda bitta kamchilik bo‘ladi, yozuvchining mahoratigina uni sizga sezdirmaydi”, degandi. Voqealar zanjiri tizilganida yakuni chiroyli chiqishi uchun qayerdadir adib ayyorlik ishlatadi. Real hayotda deyarli kuzatilmaydigan voqea yoki antiqa bir uchrashuv qo‘shib ketiladiki, shu bilan zanjirning uzilib qolgan o‘rni bog‘lanadi. Yozuvchi haddan tashqari mahoratli bo‘lsa, siz buni sezmaysiz. Ammo no‘noq asarlarda mazkur kemtiklik yaqqol sezilib turadi. Gollivudning nomdor filmlarini ikkinchi marta ko‘rib chiqsangiz, o‘sha tugunni ilg‘agandek bo‘lasiz. Birinchisida sezishingiz mushkul. Bu, ularning yutug‘i, mahorati va ssenariyning puxta ishlanganidan dalolat.

Har qanday asar insonlar hayotidan olinadi, deyishadi. Biroq, hayotdagi voqealarda ana shu zanjirdagi uzuq joyni topa olmaysiz. Aniqrog‘i, uning tuguni bo‘lmaydi. Shundoq, hammasi bo‘lishi kerakdek ketaveradi. Murakkab bo‘lsa ham sodda ko‘rinishda ketaveradi. Hayron qolasiz: “Iya, shunaqasiyam bo‘lishi mumkinmi?”, deysiz boshida, birozdan so‘ng: “Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emasdi”, deb iqror bo‘lasiz. Chunki Taqdir odam tomonidan yozilmaydi. U inson asari emas. Uning Yozuvchisi mukammal yozadi. Siz insoniyat tarixidagi istalgan inson taqdiriga, tarixiga nazar tashlang, bu mukammallikning turli ko‘rinishlarini ko‘rasiz. Bir-birini takrorlamaydigan, ammo bir-biriga o‘xshaydigan taqdirlar…

Bugun ana shunday mukammallikni angliyalik Ueyn Runi faoliyatida kuzatdim. “Qarib qolgan”, “o‘z imkoniyati darajasida o‘ynay olmayotgan”, “vujudi aqliga bo‘ysunmayotgan” Runi “Manchester Yunayted”da yubiley golini urdi. 94-daqiqada, jamoasi yutqazib turganida urdi. Gol o‘z chiroyi bilan ham o‘zidan oldingi 249 ta golning oldiga bemalol tusha oladi. Zarbaning trayektoriyasi geometriya fanidan saboq yoshlarga! Fantastik gol!!!

Bo‘lishi mumkinmas, dedi ko‘pchilik yana. Lekin golni takror tomosha qilishgach va ayniqsa, bu to‘p angliyalik yulduz faoliyatida rekord natijaga sabab bo‘lganini bilishgach, “hammasi to‘g‘riligiga” iqror bo‘lishdi. Qizig‘-a?!

“Sayyoh” va har doimgi navqiron Zlatan Manchesterga tashrif buyurgach, Runi haqidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketgandi. Chunki uni taqqoslash mumkin bo‘lgan odam kelgandi jamoaga. Undan to‘rt yosh kattaroq va o‘yini to‘rt barobar yaxshiroq bo‘lgan Ibrohimovich Runi degan dahoni bir yildayoq bir chetga uloqtirib yubordi. O‘zi xohlamagan holda, albatta.

Biroq… mana shu joyda o‘sha filmlar o‘z yakunini o‘g‘irlaydigan taqdir katta sahnaga chiqdi va Runini munosib taqdirladi. Angliya terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan yigit Manchester shahrining ham qiroli bo‘lishi kerak edi va bo‘ldi ham!

Bu ish aynan Zlatan tashrif buyurgan mavsumda bo‘lishi kerak edi. Aks holda, uning qadri bu qadar baland bo‘lmasdi. Endi Manchester muxlislari qirol borasida tortishib yurishmaydi. Ular hammaning o‘rnini bilib olishdi. Qirol Runi, qolganlar bir chetga o‘tsin…

Runiy :)

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 11:55, 22.01.2017.
O'qildi: 21593 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.